AsosiyJamiyat

Samarqanddagi Ashratxona maqbarasini ispaniyaliklar mehmonxonaga aylantiradimi? Rasmiylar izoh berdi

'Samarqanddagi Ashratxona maqbarasini ispaniyaliklar mehmonxonaga aylantiradimi? Rasmiylar izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi “badavlat ispaniyaliklar, ya`ni “Paradores de turismo de Espana” kelgusida mehmonxonaga aylantirish maqsadida Samarqanddagi qadimiy Ashratxona maqbarasiga da`vogarlik qilayotgani” haqida ma`lum qilganiga oid xabarlar tarqaldi.

Ushbu tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi rasmiy bayonot berdi

Keltirilishicha «Paradores» mehmonxonalar tarmog`i tijoriy direktori X.Kampos va uning yordamchisi M.Sotos mamlakatga investor emas, mehmonxonalar faoliyatini, ayniqsa tarixiy binolarda mehmonxona xizmatlarini yo`lga qo`yishni rivojlantirish bo`yicha katta tajribaga ega ekspertlar sifatida taklif etilgan. Shuningdek, ular tomonidan hech qanday investision taklif bo`lmagan.

X.Kampos Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillari bilan uchrashuv chog`ida Ashratxona va Toshsaroyni «Paradores» modeli bo`yicha mehmonxonalar yaratish uchun salohiyatga ega arxitektura yodgorliklari sifatida qayd etgan. Ispaniya kompaniyasi tajribasidan foydalanib, «Paradores» modeliga muvofiq keluvchi mehmonxonalarni yaratishga doir loyihalar ishlab chiqilgan taqdirda, Qo`mita tomonidan aniq ma`lumot taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar