Sergelidagi ko`p qavatli uyning shiftidan suv oqayotganligi haqidagi xabar bo`yicha “O`zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi darakchi.uzga holat bo`yicha rasmiy izoh berdi.
Ushbu holat Sergeli tumani 8 qurilish uchastkasidagi ko`p qavatli uyning 2 qavatida ro`y bergan. 2020 yilning 14 yanvar kuni xonadon egasi yangi uyga ko`chib kelish maqsadida xonadonni bezash ya`ni parda osish uchun karniz o`rnatish ishlarini bajarayotgan paytda plita bo`shlig`idan suv oqish holati kuzatilgan. Keyinchalik xona harorati isiganda yana ikkita nuqtada suv mavjudligi aniqlangan va suvlar chiqazib tashlangan. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi komissiya tuzildi hamda holat atroflicha o`rganildi. Muammo quruvchilar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, xonadon egasi uyni qabul qilib olingan. Mazkur holat yuzasidan xonadon egasining quruvchilarga e`tirozi yo`q.
Kompaniya yangi xonadonga ko`chib o`tayotgan fuqarolar uydagi mavjud kamchiliklar bo`yicha @uzshahar_arzon_uy_joy telegramm kanali orqali adminga yozma murojaat qoldirishini so`ramoqda.






