Davlat test markazi tomonidan 2020-2021 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassalarida kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo`lga qo`yildi.
Bu orqali abiturientlar nafaqat o`z bilimlarini sinaydi, balki yangi joriy etilayotgan test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`ladi.
Diagnostik test snovlari Toshkent shahrida 24-yanvardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarida 29-yanvardan boshlanadi.
Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar http://5fan.dtm.uz/ sayti orqali ro`yxatdan o`tishlari va kerakli ma`lumotlarni kiritgan holda test variantlariga buyurtma berishlari mumkin.
Test variantiga buyurtma berishda talabgorlar tomonidan quyidagi ma`lumotlar aniq belgilanishi lozim.
–Qaysi fanlardan test topshirishi (mutaxassislik fanlari sifatida 2 ta fan)
– Test topshirish tili;
– Test topshirish hududi;
– Test topshirish vaqti ( 1-smena 09:00, 2-smena 14:00)
Test sinovlari Andijon, Namangan va Navoiy viloyatlarida 1 smenada, qolgan barcha hududlarda 2 smenada tashkil etiladi.
Jarayonda ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo`lib, Toshkent shahrida har smenada 350 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 120 nafardan talabgorlar qatnashishi mumkin.






