Joriy yilning 20 yanvarida 188-maktabning texnologiya fani o`qituvchisi M.Namozov jismoniy tarbiya darsiga formasiz kelgan 7-sinf o`quvchilarini maktab ma`muriyatiga ko`rsatish maqsadida maktabning ichki foyesidan turib suratga olgan. Texnologiya fani o`qituvchisi o`quvchilarni suratga olayotgan holatini 10-sinf o`quvchilari M.M va F.Sh yashirib videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Xalq ta`limi vazirligining matbuot kotibi bergan ma`lumotga ko`ra, ushbu voqea sababini ma`lum qilish uchun 10-sinf o`quvchilari M.M va F.Sh ning ota-onasi maktabga chaqirtirilgan. O`quvchilar M.M va F.Sh videotasvirni texnologiya o`qituvchisi bilan hazillashib, ijtimoiy tarmoqlarda “Layk” olish uchun tarqatganligini tan olgan.
Hozirda holat yuzasidan o`quvchilarning ota-onalariga nisbatan chora ko`rish ishlari amalga oshirilmoqda.






