Navro`z bog`idagi «Navoiy» taomlari restoranida Rossiya va Moldovadan tashrif buyurgan mehmonlar uchun o`zbek milliy taomlarimizdan «qozon kabob» tayyorlash bo`yicha mahorat darsi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston gastronomik turizmi Assosiasiyasi xabar berdi.
Albatta, ularga o`zbek an`analari, taom reseptining asrlar davomida saqlanib kelayotgani tarixi hamda milliy mehmonnavozlik qoidalari gastro-gidimiz tomonidan mahorat bilan ta`riflandi.
Mehmonlarning fikricha, bugungi kunda sharqona taomlar, ayniqsa, o`zbek milliy oshxonasi gurmanlar va sayyohlar tomonidan katta qiziqish bilan o`rganiladi.
Sayyohlar yurtimizga tashrif buyurganda, kundalik tanovvul qilinadigan fast-fud yoki Evropa taomlarini emas, balki aynan o`zbek oshxonasida tayyorlangan lazzatli ta`tib ko`rish va yangi ta`mni his qilishni ma`qul ko`rishadi.
Moldovalik mehmon hatto o`z kulinar bilimlarini yana bir reseptga boyitish maqsadida navoiylik oshpaz bilan birgalikda taom tayyorladi.






