AsosiyJamiyat

Tanzila Narbaeva yana Senat raisi bo`ldi

'Tanzila Narbaeva yana Senat raisi bo`ldi'ning rasmi

Prezident O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va uning o`rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni  taqdim qildi.

Yuqori palata a`zolari yashirin ovoz berish yo`li bilan Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Tanzila Narbaevani sayladi.

Senat Raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yo`li bilan Sodiq Safoev saylandi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 86-moddasiga muvofiq Senat Raisining o`rinbosarlaridan biri Qoraqalpog`iston Respublikasi vakili bo`ladi. Ushbu normaga asosan Senat Raisining o`rinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yo`li bilan Musa Erniyazov saylandi.

Senat Raisining o`rinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yo`li bilan Zayniddin Nizamxodjaev saylandi.

    Boshqa yangiliklar