AsosiyJamiyat

Namanganda qarzdorligi uchun​ 75 ta xonadon gaz ta`minotidan uzildi​

'Namanganda qarzdorligi uchun​ 75 ta xonadon gaz ta`minotidan uzildi​'ning rasmi

Namangan shahrida o`tkazilgan tadbir davomida 75 ta xonadon salkam 94 million so`m tabiiy gazdan qarzdorligi uchun gaz ta`minotidan uzildi. Bu haqda Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma`lum qildi. 
​Tadbirlarda elektr, gaz uzatish va taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish bo`yicha tuzilgan guruh faol ish olib bormoqda.

​Namangan shahrining Zarbdor mahalla fuqarolar yig`inida tabiiy gaz iste`molchilari 1304 tani tashkil etadi. Qarzdor xonadonlardagi gaz energiya resurslaridan foydalanish holati o`rganilganda, fuqaro S.Turg`unovaning tabiiy gazdan qarzdorligi 1 million 100 ming so`mdan oshgani aniqlandi. Iste`molchi xonadon qarzdorlikni to`lash qobiliyatiga ega bo`lsa-da, turli bahonalar bilan to`lovni amalga oshirmay kelgani aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan choralar natijasida mazkur xonadon to`lovni o`z vaqtida amalga oshirmagani uchun gaz ta`minotidan vaqtincha uzib qo`yildi.

Boshqa yangiliklar