Rossiyaning Perm shahridagi Xostellarning birida quvurlar nosozligi oqibatida avariya sodir bo`ldi. Buning natijasida 5 kishi qaynoq suvda kuyib vafot etli. 1 kishi og`ir darajadagi kuyish jarohati oldi.
Ma`lum bo`lishicha bu baxtsiz xodisa 20 yanvar kuni tunda sodir bo`lgan. Qutqaruvchilar etib kelishganda voqea sodir bo`lgan joydan 5 kishining jasadi topilgan. Ularning orasida bir nafar yosh bola ham bo`lgan.
Ayni paytda baxtsiz xodisada vafot etganlarning shaxsi aniiqlashtirilmoqda. Shuningdek ushbu voqea yuzasidan "xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joyda xizmat ko`rsatish tashkil qilish" moddasi bo`yicha jinoiy javobgarlik qo`zg`atilgan.






