AsosiyDunyo

Meyvezer Makgregorga qarshi ikkinchi jangini e`lon qildi

'Meyvezer Makgregorga qarshi ikkinchi jangini e`lon qildi'ning rasmi

Boks bo`yicha Amerikaning sobiq chempioni Floyd Meyvezer o`zining Instagramida Irlandiyaning aralash uslubdagi jangchisi (MMA) Konor Makgregorga qarshi jangini e`lon qildi, deb xabar berdi "Jahon.uz" nashri "TASS" bergan xabarga tayangan holda.

19 yanvarga o`tar kechasi irlandiyalik Las-Vegasda bo`lib o`tgan Mutlaq jang chempionatining (UFC) 246 turnirida AQSh vakili Donald Serroneni nokautga uchratdi.

Meyvezer e`lon qilgan posterda ikkala sportchi hamda «Mayvezer - Makgregor - 2, 2020» yozuvi aks etgan. Jangchilar o`rtasidagi ilk jang 2017 yilning avgustida bo`lib o`tgan va amerikalik uchun nokaut g`alabasi bilan yakunlangan.

    Boshqa yangiliklar