AsosiyJamiyat

UzAuto Motors kompaniyasi mijozlar uchun yangi xizmat ishga tushirdi

'UzAuto Motors kompaniyasi mijozlar uchun yangi xizmat ishga tushirdi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi mijozlar uchun yangi xizmatni ishga tushirdi. Endilikda xaridorlar shartnoma holatini UzAuto Motors saytida ham tekshirishi mumkin bo`ladi. Bu haqda kompaniya Axborot xizmati xabar berdi

Avval bunday imkoniyat faqat @uzautosanoat_bot Telegram-boti hamda Uzavtosavdo ilovasi orqali taqdim etilardi, deyiladi xabarda.

20 yanvardan e`tiboran xaridor shartnoma holatini UzAuto Motors kompaniyasining ushbu havolasi orqali ham tekshirish imkoniga ega bo`ldi.

Buning uchun xaridor saytning “Imzolangan shartnomaning holati” bo`limiga STIR hamda shartnoma raqamini kiritishi kifoya.

    Boshqa yangiliklar