Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi yakunlandi.
Eslatib o`tamiz:
Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga murojaati eshitildi.
Deputatlar so`zga chiqdi.
Shundan so`ng, davlat rahbari deputatalardan: "Tayyorgarliksiz biror takliflar bo`lsa aytinglar, bo`lmasa xozir spiker yig`ilishni yopadi, keling, hech qanday rasmiy nutqsiz, o`tirgan o`rningizdan erkin muloqot qilamiz, menga qanday taklif yoki savollaringiz bor?" — deya taklif bildirdi.
Deputatlar o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig`ilish yakunida Shavkat Mirziyoev deputalar oldida turgan vazifalarni yana bir bor eslatib o`tdi va bu davr yangi va tarixiy davr ekanligini ta`kidladi.
"Hammamizga Vatanimizning, bolalarimizning farovon kelajagini ko`rish nasib qilsin" deya yig`ilishdagi tashrifini yakunladi davlat rahbari.






