19.01.2020 yil soat 16:55 larda Namangan shahrida joylashgan “Golden W.P.” MChJga qarashli qog`oz ishlab chiqarish sexiga o`rnatilgan quritish kompressori nazoratsiz qolishi natijasida tabiiy gaz to`planib qolib, portlash hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Portlash oqibatida, mazkur sex ishchisi A.X. (1996 y.t.) hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






