Yuta shtatida yashovchi, o`zining 6 nafar chaqalog`ini o`ldirganlikda ayblanayotgan Megan Xantsman ismli ayol o`z aybini tan oldi, deya xabar beradi kun.uz nashri The New York Times axborot agentligi ma`lumotlari asosida.
Bu ayol chaqaloqlarni 1996 yildan 2006 yilgacha qadar bo`lgan vaqt mobaynida avval tug`ib, keyin o`ldirgan. Qotil ona farzandlarini o`ldirgandan keyin, ularning murdalarini garajga berkitgan.
Ma`lum bo`lishicha, bu jinoyatchi giyohvand moddalar iste`mol qilgan va chaqaloqlarni parvarish qilishni istamagan. O`lgan chaqaloqlarni uning turmush o`rtog`i topib olgan.
Xantsmanga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin. Ayblov hukmi shu yilning 20 aprelida e`lon qilinadi.





