Xabaringiz bor, AQSh Prezidenti Donald Tramp Shvesiyalik iqlim himoyachisi 16 yoshli Greta Tyunbergni masxara qilgan edi.
Joriy yilning 17 yanvarida Shvesiyalik iqlim faoli Greta Tyunberg va o`n mingga yaqin odamlar Shvesariyaning Lozanna shahrida namoyish uyushtirdilar, deya xabar berdi Tarjumon.
Ularning aksariyati kelasi hafta Davos shahriga yo`l olib, dunyodagi siyosatchilar va biznesmenlarni iqlim inqiroziga qarshi kurashish uchun da`vat qilishmoqchi.
«Biz yangi yilga va yangi o`n yillikka kirib keldik. Ammo shu paytgacha iqlim o`zgarishiga qarshi chinakam harakatlarni ko`rmadik», dedi Tyunberg Lozannadagi nutqida.
“Dunyo etakchilariga aytmoqchimanki, siz hali bizning kuchimizni ko`rmadingiz, biz sizni ishontirib aytamiz. Kelgusi hafta Davosda bo`lib o`tadigan Jahon iqtisodiy forumiga biz ana shu xabarni etkazamiz.»
Hafta oxirida Greta Tyunberg bilan birgalikda yuzlab iqlim himoyachilari Davos yaqinida namoyish uyushtirishni rejalashtirganlar. Tyunberg qatorasiga ikkinchi bor Davos kengashida qatnashadi. Bu yilgi yig`lishning asosiy mavzusi Avstraliyadagi o`rmon yong`inlari bo`ladi.






