AsosiyJamiyat

Chiroqchida YPX xodimini ham qoidabuzarligi uchun jazolanishini talab qilgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Chiroqchida YPX xodimini ham qoidabuzarligi uchun jazolanishini talab qilgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Xabaringiz bor,  joriy yilning 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Mustaqillik” ko`chasidagi ommaviy tartibsizlik yuzaga kelgan edi. Bunga sabab, to`xtash mumkin bo`lmagan joyda to`xtagan mashina jarima maydogchasiga olib borilganidan so`ng, haydovchi o`sha erda qoldirilgan YPX xodimining mashinasi uchun ham bayonnoma rasmiylashtirishni talab qilib, ommani e`tiborini jalb etgan. Shundan so`ng, Chiroqchi tumanida “znak”ka bayonnoma rasmiylashtirayotgan YPX xodimining o`zi ham shu qoidabuzarlik bo`yicha javobgarlikka tortilgan edi. 

AYni paytda ushbu holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etildi. 

Unga ko`ra, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan “2020  yil 11 yanvar kuni Sh.Nurimov va boshqalarning harakatlarida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatish orqali ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish va faol qatnashish, g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish kabi ijtimoiy xavfli qilmishlar alomatlari mavjudligi sababli mazkur holat yuzasidan” joriy yilning 17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 3 qismi “g” bandi  va 277-moddasi 2 qismi “b” bandi bilan  jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori, katta serjant N. Yarmatovga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.  

Ushbu holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy xabarida.

    Boshqa yangiliklar