AsosiyJamiyat

Velosiped o`g`risi voqea joyida qo`lga olindi

'Velosiped o`g`risi voqea joyida qo`lga olindi'ning rasmi

 Mirzo-Ulug`bek tumanida 8-yanvar kuni taxminan 12.00 da avval sudlangan 22 yoshli Yusubbek B., xonadon eshigi ochiq qolganidan foydalanib 28 yoshli Anton M.ning  “Snoky” rusumli narxi 1 200 000 so`m bo`lgan velosipedni o`g`irlagan. 

Jinoyat joyini tark etmasdan Yusubbekni Anton ko`rib qolib, uni qo`lga oladi. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (“Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish”) va 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar