Yaponiyaning Tokio shahridagi hayvonot bog`i hodimlari favqulodda holatlarga tayyor turish uchun o`ziga xos mashqlarni o`tkazishdi.
Itoma hayvonot bog`i xodimlaridan biri qoplon kiyimini kiyib olib, hayvonning qochishini imitasiya qildi. Bu orada hayvonot bog`ining boshqa xodimlari to`rlar, qopqonlar va uyqudori bilan o`qlangan miltiq bilan uni tutishga hamda zararsizlantirishga shaylandi.
Mashg`ulotda polisiya va tibbiyot hodimlaridan tashqari hayvonot bog`ining 70 ta xodimi qatnashdi. Uning yakunida soxta qoplon o`z qafasiga qaytarildi.
Hayvonot bog`i mutasaddilarining ta`kidlashicha, bu kabi mashg`ulotlar Yaponiyada tez-tez sodir bo`ladigan zilzilalarda yuz berishi mumkin bo`lgan holatlarga tayyor turishga ko`mak beradi.





