O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi Vasiylik kengashining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.
Videoselektor shaklida o`tkazilgan yig`ilishda “Nuroniy” jamg`armasi Vasiylik kengashi a`zolari, respublika boshqaruvi xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan.
Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. “Nuroniy” jamg`armasi Vasiylik kengashi qaroriga ko`ra shu paytga qadar jamg`armaning respublika boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Jalilov boshqa ishga o`tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.
Uning o`rniga O`zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiev “Nuroniy” jamg`armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.
Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Qosimov ishtirok etdi.






