16 yanvar kuni Telegram messenjeridagi ayrim kanallarda Amudaryo tumanida Psixiatr qabuliga kelgan yoshi taxminan 40-45 lar da bo`lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o`zini tashlamoqchi bo`lganligi haqidagi videolar tarqalgan edi.
IIV ning aniqlanishicha, shu kuni soat taxminan 08:30 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro profilaktika inspektori leytenant A.Yuldoshevga telefon orqali murojaat qilib, unda akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo`zg`igani sababli o`ziga pichoq urmoqchi bo`layotganini ma`lum qilgan.
Profilaktika inspektori A.Yuldoshev chaqirilgan manzilga etib borganida, haqiqatdan ham, fuqaro Q.E. o`z uyida oshxona pichog`ini o`ziga urmoqchiligini aytib baqir-chaqir qilayotganiga guvoh bo`lgan va fuqaroni tinchlantirib, uni qo`lidagi pichoqni olib qo`ygan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.
Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida ikkinchi qavat derazasini oshib o`tib pastga sakramoqchi bo`lgan vaqtida profilaktika inspektorlari A.Yuldoshev va M.Dusenbaev uni ushlab qolgan.
Fuqaro Q.E. shu kunning o`zida kuni Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.






