AsosiyJamiyat

Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo majmuasida vujudga kelgan yong`in tafsilotlari ma`lum bo`ldi

'Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo majmuasida vujudga kelgan yong`in tafsilotlari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2020 yilning 16 yanvar kuni taxminan soat 21:45larda Navoiy shahrida joylashgan 4 qavatli savdo kompleksda yong`in sodir bo`lgan. Mazkur yong`in tafsilotlariga O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan aniqlik kiritildi.

Yong`in savdo kompleksining kiyim-kechak savdosi bilan shug`ullanuvchi do`konlar joylashgan 4-qavatida yuzaga kelgan. Natijada umumiy maydoni 150 m2 bo`lgan 6 ta kiyim-kechak savdo do`koni yonib yaroqsiz holga kelgan, 14 ta savdo do`konlari esa yong`indan zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo`q.

Hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida yong`indan zararlangan kiyim-kechak va narsalar ashyoviy dalil tariqasida kelgusida ekspertiza tayinlash uchun tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar