AsosiyJamiyat

Dam olish kunlarida ob-havo qanday bo`ladi?

'Dam olish kunlarida ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmatining ma`lum qilishicha, bugun O`zbekiston hududida ob-havoning shakllanishiga sovuq antisiklon chegarasi ta`sir ko`rsatgan, uning markazi Qozog`istonning sharqiy tumanlari ustida joylashgan. 

Butun respublika bo`ylab ochiq ob-havo kuzatildi. Havo harorati kunduzi 2-5 daraja iliqqacha, janubda 7 daraja iliqqacha ko`tarildi, bu me`yoriy qiymatlardan sal pastdir.

Shanba kuniga o`tar kechasi O`zbekiston hududi hali ham sovuq antisiklon chegarasi ta`sirida bo`ladi va sovuq havo saqlanib turadi. Kunduzi sovuq havo oqimi sharq tomonga asta chekinadi va harorat 5-7 daraja, ayrim joylarda 8-10 darajagacha iliydi. Respublikada kam bulutli yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin.

Yakshanba kuni Turkmanistondan nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Respublika bo`yicha ob-havoning bulutli bo`lishi kutilmoqda, ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, shamol kuchayib sekundiga 15-20 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq bo`ladi, kunduzi 2-4 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar