AsosiyJamiyat

Andijonda 5700 dan ziyod fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi

'Andijonda 5700 dan ziyod fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati boshqarmasi va tuman va shahar bo`limlariga o`tgan 2019 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 16.322 ta murojaatlar kelib tushgan, deya ma`lum qildi MIB. 

Kelib tushgan murojaatlarning 14 408 tasi bevosita byuro tomonidan ko`rib chiqilib, xal etilgan, 136 tasi hal qilish uchun boshqa muassasalarga, 739 tasi boshqarma tomonidan quyi tizimlarga yuborilgan, 990 ta murojaat dublikat deb topilib, 01.01.2020 yil holatiga 329 ta murojaat qoldiq bo`lib o`tgan.

Hal etilgan 14 408 ta murojaatlarning 5796 tasi yoki 40,2 foizi qanoatlantirish, 8609 tasi yoki 59,7 foizi huquqiy tushuntirish va 2 tasini qanoatlantirish rad etilgan.

Murojaatlarni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha 5794 nafar shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash bilan birga sud hujjatlari asosida 5.4 mlrd so`mdan ziyod mablag`larni undirishga erishilgan.

Xususan, “Gulchexra-And” xususiy korxonasi rahbari F.Qurbonovning sudning qarori asosida Andijon shahar hokimligidan kompensasiya to`lovlarini undirishda amaliy yordam ko`rsatish haqidagi murojaatini o`rganib chiqish yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdordan 07.11.2019 yilda 96 mln. so`m undirib berilishi ta`minlangan.

Shuningdek, Jinoyat ishlari bo`yicha Asaka tuman sudining 29.11.2019 yildagi qarzdor «IMPERIAL GRANIT GROUP» MChJdan jabrlanuvchining qonuniy vakili B.Dolimov foydasiga 14.270.000 so`m moddiy va 10.000.000 so`m ma`naviy zararlarni undirish haqidagi ijro hujjati ijrosi yuzasidan yo`llagan murojaati bo`yicha qarzdordan 24.270.000 so`m zarar pullari undirilib, B.Dolimovning 28.12.2019 yildagi arizasiga ko`ra plastik karta raqamiga o`tkazilib berilishi ta`minlangan. 

Bu kabi misollarni ko`plab keltirish mumkin.

Bundan tashqari, joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar davomida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning murojaat qilishiga sabab bo`layotgan sabablar va omillarni o`rganishga, ularni tahlil qilishga, shu bilan birga hududdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, aholining kayfiyati, byuro organlari xodimlarining hududda amalga oshirayotgan faoliyatiga ham e`tibor qaratilmoqda.

    Boshqa yangiliklar