AsosiyJamiyat

Sankt-Peterburgda Yangi yil bayrami kunlarida qo`lga olingan o`zbekistonliklar vaziyatini TIV nazoratga oldi

'Sankt-Peterburgda Yangi yil bayrami kunlarida qo`lga olingan o`zbekistonliklar vaziyatini TIV nazoratga oldi'ning rasmi

Avvalroq, Sankt-Peterburg shahrida qator O`zbekiston fuqarolari yangi yil bayrami kunlari qo`lga olingani va ularga nisbatan ma`muriy choralar qo`llanilgani haqida xabar berilgan edi.

Shu munosabati bilan Rossiyaning mazkur shaharlaridagi mamlakatimizning diplomatik muassasalari tegishli hukumat organlari bilan birgalikda hodisaning barcha tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda, deya xabar berdi TIV.

Shuningdek, Konsullik-huquqiy departamenti chet eldagi O`zbekiston fuqarolaridan ular borgan mamlakatning qonunlari va qoidalarini diqqat bilan o`rganishlarini va ularga qat`iy amal qilishlarini so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar