O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan xalqaro forum tashkillashtirildi. 16 yanvar kuni dunyoning 32 davlatidan tashrif buyurgan forum ishtirokchilari Samarqand shahriga etib keldi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Tantanali kutib olish marosimidan so`ng mehmonlarni Samarqand viloyati hokimining birinchi o`rinbosari J.O`roqov qabul qildi. Uchrashuvda taraflar turizm sohasida iste`molchilar huquqlarini himoya qilishda nafaqat federasiya, balki viloyat hokimligi ham qarab turmasligini J.O`roqov ta`kidlab o`tdi.
Xalqaro Iste`molchilar tashkiloti (Consumers Intemational) prezidenti Marimutu Nadason Samarqandning salobatidan hayratda ekanini yashirmadi. Kelajakda bunday ishlar davom etishiga omad tiladi. Shu bilan birgalikda xalqaro forum ishtirokchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalariga sayohat uyushtirdi.






