O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2018 yil 8 noyabrdagi 20532-xh-sonli topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida umumta`lim muassasalari o`qituvchi va o`quvchilarini lizing asosida noutbuk hamda planshetlar bilan ta`minlanadi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov xabar berdi.
“O`zeltexsanoat” uyushmasi 2019 yilning 7 noyabrdagi 01-02-2/1792 va 27 yanvardagi 02-1/27-sonli xatlari bilan Xalq ta`limi vazirligiga murojaat etib, noutbuk va planshetlarni lizing yoki kredit asosida xarid qilishi mumkin bo`lgan o`qituvchi va o`quvchilar sonini aniqlab berishni so`ragan.
Mazkur xatga muvofiq, Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2019 yilning 03-04/4-1952-sonli, 2019 yil 10 dekabrda 03-04/4-2157-sonli xatlari bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari boshliqlariga murojaat etilib, noutbuk va planshetlarni lizing yoki kredit asosida xarid qilishi mumkin bo`lgan o`qituvchi va o`quvchilar soni haqida ma`lumot olindi.
Joylardan olingan ehtiyojlar to`g`risidagi ma`lumotlar umumlashtirilib, Xalq ta`limi vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03-04/4-2359-sonli xati bilan “O`zeltexsanoat” uyushmasiga taqdim etildi.
Unga muvofiq, Xalq ta`limi vazirligi noutbuklarni sotib olishni o`z zimmasiga olmagan.
Ayni vaqtda “O`zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Weidong Cloud Education Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda O`zbekistonda noutbuk va planshetlar ishlab chiqarish bo`yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.






