Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda kuni kecha o`ldirib ketilgan O`zbekistonda taniqli bo`lgan dizaynerning jasadi bilan bog`liq foto va videolar paydo bo`ldi. Ayni paytda Toshkent shahar prokuraturasi ushbu holatga oydinlik kiritdi.
Keltirilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, “Instagram”, “Facebook” va “Telegram” kanallariga joylashtirilgan ish o`rganuvchilarni jinoyat sodir bo`lgan voqea joyiga olib chiqib o`qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan bo`lib, rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa 4 ta material bilan birgalikda operator xatosi bilan yuklangan.
Shu sababli, Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko`rdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so`raydi.






