Bugun taxminan soat 11:30 larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shahobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, ta`mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan. Natijada mazkur MChJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.
Holat yuzasidan qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.






