AsosiyJamiyat

Sherzod Qudratxo`jaev o`zbek estrada "yulduz"lariga murojaat qildi

'Sherzod Qudratxo`jaev o`zbek estrada "yulduz"lariga murojaat qildi'ning rasmi

Kecha, Toshkent viloyatida joylashgan “Amirsoy” tog`-chang`i kurortida bo`lib o`tgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sayyor sessiyasida Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo`jaev ekologiya va dam olish madaniyati haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Bu haqda sof.uz sayti yozmoqda.

Qudratxo`jaev ko`cha-ko`yda axlat tashlab ketadiganlarga jarimalarni orttirish kerakligini taklif etdi. "Nasihatlar vaqti o`tdi. Balki bu uchun jarimalarni ko`paytirish kerakdir. 2 marta 700 000 dan to`lagan kishilar keyingi safar chiqindisini o`zi bilan olib ketishni o`rganadi", - dedi u.

Shuningdek, Sherzod Qudratxodjaev estrada yulduzlarini ekologik muammolarga befarq bo`lmaslikka chaqirdi.

"Shu o`rinda o`zbek estrada yulduzlariga murojaat qilmoqchiman. Har gal Instagramga kirganda ularning turli brendlar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, hatto o`z tanalarini reklama qilib tushgan rasmlarini ko`raman. Men bunga qarshi emasman. Sizning millionlab obunachilaringiz bor, siz yoshlar orasida mashhursiz. Istardimki, sog`lom hayot tarzi, ijtimoiy masalalarni ham targ`ib qilsangiz. Masalan, sigaret qoldiqlari, plastik paketlarni erga tashlamaslik, shaharni iflos qilmaslik haqida o`z misolingizda yoshlarga o`rnak bo`lsangiz", - dedi Qudratxo`jaev. 

    Boshqa yangiliklar