AsosiyJamiyat

Sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi sotuvga qo`yildi

'Sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi sotuvga qo`yildi'ning rasmi

“Chorsu” mehmonxona majmuasi davlat aktivlarini sotishda inson omilini kamaytirish, jarayonlarning shaffofligini ta`minlash maqsadida elektron onlayn savdolarga chiqarilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma`lum qildi.

Boshlang`ich narxi 1 so`m. Auksionning har bir bosqichi 100 mln. so`m.

Sarmoyador 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25,0 mln AQSh dollarga teng ekvivalentda investisiyalar kiritishi, uch yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etishi hamda 150 ta yangi ish o`rni yaratishi lozim.

Hurmatli tadbirkorlar!  

Savdo paytida sizning huquqlaringiz buzilsa Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (0371) 259-21-37, 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so`raymiz, deyiladi agentlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar