Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev telegram kanalida o`zi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.
"Mahalladagi xotinlarning aytishicha, men deputatlikdan ketmoqchi emishman. Bu haqiqattan yiroq gap, men hozircha ketmoqchi emasman. Biroq istalgan vaqtda buni qilish huquqi bor. Ish bungacha bormaydi, deb umid qilaman. Rasmdagi yozuvga kelsak bu "Daryo" ijodkorlari bilan suxbatdagi savolga berilgan javobdan ishlangan ijodiy kollaj. Balki shu ko`pchilikni chalg`itayotgandir" deydi, deputatning telegram kanalida.






