«Xalq ta`limida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» investisiya loyihasi doirasida Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import bankining hamkorlik jamg`armasi ishtirokida yurtimiz maktablariga 850 ga yaqin kompyuter sinflari etkazib berildi.
Ushbu loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta`limida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi «Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import banki hamkorligi» fondi ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 51,35 million dollarni tashkil etadi. Xususan, mamlakatimizning 2766 o`rta maktablari uchun 2859 kompyuter sinflarini sotib olish maqsadida O`zbekiston hukumati 18,35 million dollar, Koreya Respublikasi Eksimbanki 33 million AQSh dollari miqdorida mablag` ajratdi.
KT Corporation (Koreya Respublikasi) kompaniyasi tender natijalariga ko`ra o`quv kompyuter sinflarini etkazib beruvchi deb belgilandi.
2019 yil yakunlariga ko`ra, Koreya kompaniyasi O`zbekistonga reja bo`yicha 537 ta kompyuter sinflarini etkazib berishi kerak edi. Bu ko`rsatkich 2019 yilda 850 tani takshil etdi.
Ayni vaqtda O`zbekistonning turli hududlaridagi maktablarda kompyuterlarni o`rnatish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
2020 yil davomida KT Corporation kompaniyasi O`zbekistonga o`quv kompyuter sinflarining qolgan qismini etkazib beradi.






