Toshkentda Oliy va o`rta maxcus ta`lim vazirligi hamda “Shbeemann” xorijiy konsalting kompaniyasi o`rtasida shartnoma imzolanmoqda.
Ushbu shartnoma Jahon banki ishtirokidagi investisiya loyihasi doirasida amalga imzolanib, uch yil mobaynida kompaniya oliy ta`lim sifatini yuqori darajaga ko`tarish va buning natijasida oliy ta`lim muassasalarini xalqaro e`tirof etilgan tashkilotlar reyting ro`yxatiga kiritishda amaliy yordam beradi.
Vazirlik oliy ta`limni modernizasiya qilish yo`lida Jahon banki bilan birgalikda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, oliy ta`lim muassasalarida innovasion infratuzilma ekotizimini shakllantirish maqsadida Jahon banki loyihasi hisobidan yosh olimlar uchun Akademik innovasiyalar fondi tashkil etilgan.
Mazkur fondning 4 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag`lari hisobidan 2019-2021 yillarda 27 ta oliy ta`lim muassasasida jami 32 ta loyiha amalga oshiriladi.
Shu kunga qadar 7 ta oliy ta`lim muassasalariga laboratoriya jihozlari olib kelindi.
Shuningdek, Jahon banki tomonidan 42,2 mln. AQSh dollari miqdorida kredit jalb etilib, mazkur investisiya loyihasi doirasida 114 ta o`quv va 7 ta ilmiy laboratoriyalarni jihozlash, universitetlarga ilmiy tadqiqotlar uchun grant mablag`lari ajratish rejalashtirilgan.






