Shu yilning 20-fevral kuni poytaxtimiz kinoteatrlarida Yaqinda tasvirga olingan ishchi nomi "Farhod va Shirin" bo`lgan kartinasining premerasi bo`lib o`tadi. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.
Bosh rollarni mahoratli va latofatli xonanda hamda aktrisa Lola Yo`ldosheva va professional aktyor Umid Iskandarov talqin qilgan "Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin" nomli kartina ayol va erkak o`rtasidagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qiladi.
Muhabbatning yangicha talqini aks etgan film kutilmagan burilish va keskin voqealarga boyligi tomoshabinni o`ziga tortishi kutilmoqda. Aytish kerak, kartinaning syujeti boshqa filmlarni takrorlamaydi.
Film nafaqat Toshkent shahri va viloyati, balki Samarqand shahrida ham tasvirga olingan. Kartina uchun yaratilgan saundtrek esa shu vaqtgacha xit darajasigacha ko`tarila oldi. Lola ijrosidagi "Farhod va Shirin" nomli qo`shiq va unga yaratilgan klip turli xit-paradlarda etakchi o`rinlarni egallashga muvaffaq bo`lgan.





