“Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi”(IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo`ljallangan qurilmasida nosozlik tufayli ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Nosozlik bartaraf etilgach, elektr ta`minoti yaxshilanadi.
Energetika vazirligi keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi.






