AsosiyJamiyat

Toshkent shahri delegasiyasi Guanju shahrida tashkillashtirilgan biznes forumda ishtirok etdi

'Toshkent shahri delegasiyasi Guanju shahrida tashkillashtirilgan biznes forumda ishtirok etdi'ning rasmi

2020 yil 15 yanvar kuni Toshkent shahri delegasiyasi Guanju shahri Savdo sanoat palatasi tomonidan tashkillashtirilgan biznes forumda ishtirok etdi.

Forumda so`zga chiqqan Toshkent shahar hokimining o`rinbosari Sharof Rahmonov yig`ilganlarga O`zbekiston poytaxtida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari hamda shaharning investision salohiyati haqida ma`lumot berdi.

Hokim o`rinbosari o`z nutqida poytaxtimizda kichik biznes va tadbirkorlik tobora rivojlanib borayotgani, Toshkentda ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish ko`rsatkichlari yuqori ekanligi, turistlar uchun ham imkoniyat va qulayliklar ko`payib borayotganligiga e`tibor qaratdi.

Forumda ishtirok etgan xitoylik tadbirkorlar Toshkentda amalga oshirilayotgan biznes loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etishga qiziqish bildirdilar.

Tadbir doirasida ikki tomon vakillari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o`zaro munosabatlar istiqbollari borasida fikr almashdilar

 

    Boshqa yangiliklar