AsosiyJamiyat

Buxoroda 1000 AQSh dollari evaziga navbatsiz kvartira olib bermoqchi bo`lgan kimsa ushlandi

'Buxoroda 1000 AQSh dollari evaziga navbatsiz kvartira olib bermoqchi bo`lgan kimsa ushlandi'ning rasmi

Ayni paytda tayyorga ayyor bo`lib, hamyurtlariga pul evaziga ko`p-qavatli uylardan kvartira va`da qilayotgan firibgarlar qo`lga tushmoqda. Shunday shaxslardan biri Buxoro shahrida fuqarodan pul olayotgan paytda ushlandi. Bu buxorolik 1965 yilda tug`ilgan I.M bo`lib, u fuqaro D.U.ni aldab, Buxoro shahrida qurilayotgan 7 qavatli, ko`p kvartirali arzon uylardan 3-xonali kvartirani navbatsiz olib berishni va`da qilgan va bu hojatbarorligi uchun 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Bu holat Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Va`daboz 2020 yil 07 yanvar kuni Buxoro shahar Mustaqillik ko`chasida kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo`lga tushirildi.  

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Boshqa yangiliklar