AsosiyJamiyat

Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o`tkaziladigan kunlar ma`lum bo`ldi

'Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o`tkaziladigan kunlar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to`g`risida”gi Nizom ijrosini ta`minlash maqsadida Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko`chasi, 21-uy ) 2019 yil 20-24 yanvar kunlari sohalar bo`yicha sinov testlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

“Huquqshunoslik”, “Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo`jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “O`qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari bo`yicha sinov testlari o`tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro`yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o`z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro`yxatida mavjud bo`lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar