Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyunday” klubi futbolchilari yangi mavsum uchun raqamlarga ega bo`lishdi. Bu haqda olamsport.com nashri ma`lumot bermoqda.
Yaqinda ushbu klub bilan shartnoma tuzgan o`zbekistonlik yarim himoyachi Server Jeparov 10-raqamga ega bo`ldi. E`tiborlisi, klubda 12-raqam rasman muxlislarga topshirilgan. Bu raqamda hech bir futbolchi maydonga tushmaydi.





