Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati Qibray tumani bo`limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq, Zangiota, Bekobod tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” korxonasidan, undiruvchi 557 nafar fuqarolar foydasiga jami 3 mlrd. 115 mln. so`mlik ish haqi undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor korxonaning mulkiy holatini aniqlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so`rovnomalar yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta`minlash maqsadida qarzdor korxonaning barcha hisob raqamlariga davlat ijrochisining qarori bilan band solingan hamda inkassa topshiriqnomasi “Ipoteka bank” Chirchiq filialiga ijro qilishlik uchun yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” korxonasidan, undiruvchi 557 nafar fuqarolar foydasiga jami 3 mlrd. 115 mln. so`mlik ish haqi to`liq undirib berilgan.






