14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 225-sonli umumta`lim maktabiga bir guruh harbiy xizmatchilar tashrif buyurib, bu erda ta`lim-tarbiya olayotgan o`quvchilar bilan suhbatlashdilar.
Bayramona ruhdagi tadbirda o`quvchi yoshlar Vatanni madh etuvchi she`r va qo`shiqlarini harbiy akalari e`tiboriga havola etdilar.
Ayniqsa, ular tomonidan harbiy xizmatchining yurtga sadoqatli, xalq tinchligi va osoyishtaligi yo`lida mas`uliyatli hamda mashaqqatli faoliyatlarini o`zida aks etib chizgan suratlari, ertamiz egalarining harbiy xizmatga bo`lgan qiziqishlarini bir ifodasi ekanidan dalolat beradi.






