AsosiyJamiyat

Keyingi 5 kunda Samarqanddagi tabiiy gaz ta`minoti bosimida vaqtinchalik pasayish kuzatiladi

'Keyingi 5 kunda Samarqanddagi tabiiy gaz ta`minoti bosimida vaqtinchalik pasayish kuzatiladi'ning rasmi

Samarqand viloyatidagi aksariyat hududlarda markazlashgan issiqlik tizimi mavjud emasligi sababli aholi o`z uylarini tabiiy gaz va elektr energiyasi manbalari orqali isitmoqda. Oxirgi kunlardagi qor yog`ishi va havo haroratining keskin pasayishi aholi gaz iste`moli miqdorini keskin ko`paytirdi. Buning oqibatida bir qator hududlarda tabiiy gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda, deya xabar bermoqda "Hududgaz Samarqand" MChJ.

Gaz bosimi pastligi tufayli viloyatdagi aholi xonadonlarini isitish muammosi dolzarb bo`lib turibdi va yuzaga kelgan holatni bartaraf etish bo`yicha Samarqand viloyati uchun gaz magistral quvurlaridan qo`shimcha ravishda tabiiy gaz olish bo`yicha talabnoma berilgan.

Keyingi 5 kun - joriy yilning 14 yanvaridan 19 yanvarigacha viloyatdagi tabiiy gaz ta`minoti bo`yicha uzilishlarni bartaraf etish rejalashtirilgan.

«Hududgaz Samarqand» MChJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzur so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar