AsosiyJamiyat

Toshkentda 5-qavatdan tushib ketgan bolaning onasi uning yolg`iz qolgani sababini ma`lum qildi

'Toshkentda 5-qavatdan tushib ketgan bolaning onasi uning yolg`iz qolgani sababini ma`lum qildi'ning rasmi

Joriy yil 14 yanvar kuni soat 16:00 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan videoxabar yuzasidan avval ma`lumot bergan edik

Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylangan ushbu jarayonda bola uyda yolg`iz qolganligi sababli o`ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib ushlab qolingan.

Beshinchi qavatdan tushib ketgan bolaning onasi uning yolg`iz qolgani sababini ma`lum qildi:

– Ushbu kutilmagan holatdan hali ham shokdaman, – deydi bolaning onasi . – Farzandim shamollagani uchun bir muddatga uyda qoldirib, boshqa bolamni maktabdan olib kelish uchun chiqqandim. Shu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bo`lib turibdi. Qo`shni va shifokorlardan bolamning hayotini asrab qolishdagi beminnat yordami uchun juda ham minnatdorman.

 

    Boshqa yangiliklar