AsosiyJamiyat

XTV 2020 yilning “Eng yaxshi fan o`qituvchisi” tanlovini o`tkazish uchun fikrlar o`rganmoqda

'XTV 2020 yilning “Eng yaxshi fan o`qituvchisi” tanlovini o`tkazish uchun fikrlar o`rganmoqda'ning rasmi

Xalq ta`limi tizimida faoliyat olib borayotgan faol, tashabbuskor, ijodkor o`qituvchilarni aniqlash va ularni rag`batlantirish maqsadida 2019 yilda yangicha talablar asosida “Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi - 2019” tanlovi o`tkazildi. Tanlovda 97 ming nafarga yaqin o`qituvchilar ishtirok etdi.

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tanlovni 2020 yilda ham yuqori saviyada, adolatli va shaffof o`tkazish maqsadida www.idea.itsm.uz sahifasida maxsus so`rovnoma o`tkazilmoqda. So`rovnoma joriy yilning 31 yanvar sanasiga qadar davom etadi.

Xalq ta`limi vazirligi barcha ustozlarni so`rovnomada faol ishtirok etishga chaqiradi. 

    Boshqa yangiliklar