AsosiyJamiyat

SSV tizimidagi ayrim xizmatlar autsorsingga o`tkaziladi

'SSV tizimidagi ayrim xizmatlar autsorsingga o`tkaziladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko`rsatish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori (16-son, 10.01.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, SSV tuzilmasidagi tashkilotlarda quyidagi xizmatlar autsorsingga o`tkaziladi:

• Notibbiy xizmat turlari:

mijozlarni ovqat bilan ta`minlash;

kir yuvish xizmati;

bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat ko`rsatish va ta`mirlash.

• Tibbiy xizmat turlari:

tibbiy buyumlarni zararsizlantirish.

Mazkur ro`yxatda keltirilmagan xizmatlar autsorserga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida SSV bilan kelishilgan holda o`tkaziladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko`ra, autsorsing xizmatlariga (mijozni ovqat bilan ta`minlash xizmatidan tashqari) haq to`lash miqdorlari SSV tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga autsorserning xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi.

 

    Boshqa yangiliklar