Fransiyalik mashxur aktyor Roje Anen bugun, 11 fevral kuni 89 yoshida hayotdan ko`z yumdi, deya xabar bermoqda TASS.
Bu xabarni ommaviy axborot vositalariga aktyorning oila a`zolari berishgan. 2009 yilda yuz bergan insultdan so`ng u uzoq vaqt davolangan va ayni kunlarda ham Roje Anen Parijdagi Jorj Pompidu kasalxonasida shifokorlar nazorati ostida davolanayotgandi. Polisiya komissari rolini qoyilmaqom ijro etgan aktyor ana shu kasallikdan szng o`zini o`nglab olishi birmuncha qiyin kechgan.
“Komissar Navarro” teleseriali 1989 yili ekranlarga chiqib, 2006 yilga qadar uzluksiz berib borilgan. Aytish kerakki, Navarroning roli aynan Anen uchun mahsus yozilgan.
Shuningdek, u Alen Delon bilan birgalikda “Rokko va uning aka-og`alari”, “Mari Shantal doktor Xaga qarshi” kabi yana qator o`nlab filmlarda mahorat bilan o`ynagan. Eslatib o`tamiz, Roje Anen Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Mitteranning qorindoshi bo`lgan.





