AsosiyDunyo

Cho`kayotgan kemani tark etgan kapitan 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Italiya sudi 2012 yilning yanvar oyida Jilo oroli yaqinida halokatga uchragan Costa Concordia kemasi kapitaniga 16 yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda  uz24.uz “Reyter” ma`lumotlari asosida xabar  bermoqda.

Sudda davlat prokurori Franchesko Skettino unga 26 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini so`ragan edi. Ushbu shaxs kema yong`inida yagona aybdor deb hisoblangan. U halok bo`lgan 32 yo`lovchining o`limida aybdor deb topilgan.

Biroz oldinroq, sud jarayonida ushbu kapitanning yig`lab yuborgani xabar qilingan edi.

Ma`lumot uchun, 2012 yilning yanvar oyida Genuya porti yaqinida bortida 4 mingga yaqin kishi bo`lgan kema halokatga uchrab cho`kib ketgan, kapitan esa, qutqaruv ishlari yakunlanmasidan kemani tark etgan va yo`lovchilarning 32 nafari qutqarilmay qolgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar