AsosiyJamiyat

Savob ishni har kim, har kuni qilmog`i lozim

'Savob ishni har kim, har kuni qilmog`i lozim'ning rasmi

IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar ham amalga oshirilmoqda.

– Marhum turmush o`rtog`im serjant Abdurashid Umrzoqov bir necha yillar Namangan viloyati IIB PPX va JTSB bo`linma komandiri lavozimida xizmat qildi. O`sha mash`um kun - 2013 yil 
26 noyabrda bir nechta jinoyatlarni qasd sodir etib, qidiruvda yurgan jinoyatchini qo`lga olishda olgan tan jarohati natijasida vafot etdi, – deydi Namangan shahar “Davlatobod” mahallasida yashovchi Barchinoy Asraqulova. – Davlatimiz turmush o`rtog`imning yurt tinchligini asrashda ko`rsatgan qahramonligini munosib baholab, vafotidan so`ng “Mardlik” ordeni taqdirladi. Bugungi kunda 3 nafar o`g`il farzandimni voyaga etkazmoqdaman, ular ham otasi kabi Vatanga xizmat qilishni o`z oldilariga asosiy maqsad qilib olishgan. 

Namangan viloyati IIB rahbariyati bayramlarga o`g`illarimni chaqirishadi, o`g`illarim ham bunday e`tibordan hamda otasining hamkasblari tomonidan ko`rsatilayotgan yordamdan juda xursand, ular ham otasi kabi tinchlik posboni bo`lish niyatida, iloyim niyatiga etishsin.

Mana bugun vaqtlarini ayamasdan uyimizga poytaxtimizdan tashrif buyurgan xodimlarga oilamizdan hamda betobligi tufayli Namangan ko`p tarmoqli bolalar markaziy shifoxonasida davolanayotgan o`g`limning xolidan xabar olganliklari, o`g`illarimga dalda berganliklari uchun o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday savobli ishlarga bosh-qosh bo`layotgan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga ham katta rahmatlar aytaman.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida 24 yil xizmat qilib, 
2012 yil insult kasaliga chalinganligi sababli nafaqaga chiqqan va bugungi kunda Sirdaryo tumanidagi “Bunyodkor” mahallasida oilasi bilan istiqomat qilayotgan, iste`fodagi katta serjant Abdusamad Toshmuxammedov xonadoniga tashrif buyurgan Institut xodimlariga uning holidan xabar olishganliklari uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilari, shuningdek  Andijon, Farg`ona va Toshkent viloyatlarida istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin kam ta`minlangan oilalar hamda nogironligi bor fuqarolarning ham xolidan xabar olishdi

Zero, ushbu oilalar va fuqarolarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat bo`lish, qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko`mak berish savobli ishdir. 

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar