2020 yil 9-15 yanvar kunlari Qozog`istonning Olma-ota shahrida dunyoning 21 davlatidan 600 nafarga yaqin o`quvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan 16-xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZHO) bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.
Ushbu nufuzli olimpiadada O`zbekiston jamoasi ham qatnashdi va yakunda 6 ta medalni qo`lga kiritdi.
Yurtimiz akademik lisey o`quvchilari musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoa g`alabasiga munosib hissa qo`shdi.
Jumladan, BuxDUning Qorako`l akademik liseyi 2-kurs o`quvchisi Shahboz Hasanov, O`zMU Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik liseyining 2-kurs o`quvchisi Farruh Mahmudov hamda NamDU akademik liseyi 2-kurs o`quvchisi Ibrohimjon Mirg`iyosovlar matematika fanidan bronza medallarni qo`lga kiritdilar.






