Qoraqalpog`istonning Beruniy tumanida Amudaryo quyi oqimi bo`yida yashovchi aholi uchun eng aziz qadamjolardan bo`lgan Sulton Uvays maqbarasini restavrasiya va konservasiya qilish ishlari yakuniga etmoqda, deb yozadi uz24.uz.
Majmua sahro o`rtasida, Nukus va Amudaryo tumanini Beruniy tumani bilan bog`lovchi yo`l yoqasida joylashgan. Qayd etilishicha, Sulton Uvays muhaddislik sohasida shuhrat qozongan. Uning muxlislari maqbarani ziyoratgohga aylantirgan.

Hozirda majmua masjid, ko`l, savdo markazlari, ovqatlanish joylari, mehmonxonani o`z ichiga oladi. Yodgorlik XII−XIV, XVI−XIX asrlarga taalluqli ekanligi aytilgan, deb yozadi Uzbekistan Today.





