AsosiyJamiyat

“Tashkilotning nomi o`zgarishi javobgarlikdan ozod etmaydi” MIB Samarqand gaz idorasi rahbarlari jinoyatiga aniqlik kiritdi

'“Tashkilotning nomi o`zgarishi javobgarlikdan ozod etmaydi” MIB Samarqand gaz idorasi rahbarlari jinoyatiga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgazta`minot” mansabdor shaxslari Samarqandda gazdan noreal debitorlik qarzlar shakllantirishda ishtirok etganini rad etdi” nomli xabarlar tarqaldi. Shundan so`ng,  "Hududgazta`minot" AJ O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur masalaga aniqlik kiritishini so`ragan edi. Ayni paytda MIB ushbu so`rovga javob berdi va "darakchi.uz"ga taqdim etdi.

Keltirilishicha, joriy yilning7 yanvar kuni Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi internet saytlarda “Hududgaz Samarqand” MChJ mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo`zg`atildi” nomli maqola e`lon qilgan edi. 

Mazkur xabarda, «Hududgaz Samarqand» ma`suliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi“a” bandi (o`zganing mulkini o`zlashtirish yo`li bilan juda ko`p miqdorda talon-toroj qilish) va 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (mansab vakolatini suiiste`mol qilish yo`li bilan juda ko`p miqdorda zarar etkazish) bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib,tegishliligi buyicha Samarqand viloyati prokuraturasiga tergov harakatlarni o`tkazish uchun yuborilgani ma`lum qilingan.

“Hududgazta`minot” aksionerlik jamiyati ushbu xabar bo`yicha -“Hududgazta`minot” mansabdor shaxslariga tegishli emas ekanini va holatni rad etgan.

Asosiy vaj qilib esa, “Hududgaz Samarqand» MChJning 2019 yil 5 sentyabr kuni tashkil etilgan bo`lib, asosiy vazifasi gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli jihozlardan foydalanish hisoblanishini, xabardagi holatlar esa,  o`tgan yil yanvar oyidan oktyabr oyigacha bo`lgan davrni o`z ichiga olganligi bayon qilingan.

Aytish kerakki, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 2019 yilning yanvar oyidan to oktyabr qadar -gaz limitidan ortiqcha olingan har bir m.3 tabiiy gaz uchun belgilangan koeffisientlar qo`llanilmaganligi natijasida jami 8 mlrd. 651 mln. 258 ming 820 so`m miqdorida to`lovlar kam hisoblanishi, shuningdek jami 46 ta AGTKShlari umumiy hisobda 2.497.608 m.3hajmdagi tabiiy gaz bilan noqonuniy ravishda ta`minlanib, o`zganing 842 mln. 854 ming 500 so`mlik juda ko`p  miqdordagi  mulkirastrata  yo`li bilan talon-toroj qilinishi, shuningdek, 2019 yilning 1 noyabr holatiga  iste`molchisianiqlanmagan  noreal qarzdorlikni 363 mlrd. 155 mln. 500 ming so`m bo`lishiga va davlat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilishiga holati aniqlangan.

Ishdagi mavjud hujjatlarga ko`ra, ushbu jinoiy qilmishning sodir etilishi yanvar oyidan to oktyabr oyiga qadar davom etib kelgan bo`lib, muqaddam faoliyat ko`rsatgan Samarqand viloyat gaz ta`minoti davridan va hozirda faoliyat ko`rsatayotgan “Hududgaz Samarqand” MChJ davrida ham kuzatilgan.

Mazkur gaz ta`minoti idorasining nomi, maqomi va vazifalar funksiyasi o`zgargan taqdirda ham, sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikni istisno qilmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 13-moddasi bo`yicha -qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo`lgan qonun bilan belgilanishi ko`rsatilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 29 maydagi PF-5059-sonli Farmoniga asosan, Samarqand viloyati bo`yicha gaz ta`minoti filiali o`z vakolatiga ko`ra, tuzilgan shartnomalarga muvofiq, iste`molchilarni energiya resurslari bilan ta`minlash, sotilgan energiya resurslari hajmi haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik haqidagi ma`lumotlarning haqqoniyligi, gaz taqsimlash tarmoqlarini bevosita iste`molchilarga bo`linish chegarasiga qadar etkazib berish bilan bog`liq bo`lgan boshqa infratuzilmalar ekspluatasiyasi va ta`mirlash xizmatlarini amalga oshirish, iste`molchilarga o`rnatilgan energiya resurslari iste`molini hisobga olish uskunalarini almashtirish, o`rnatish va ekspluatasiya xizmati ko`rsatish, shuningdek, Byuro bilan hamkorlikda ularni plombalash, belgilangan tartibda texnik shartlarni berish, gaz tarmoqlariga yangi iste`molchilarni ulash ishlarini amalga oshirishga javobgarligi belgilab qo`yilgan.

Shuningdek, har oyda bevosita iste`molchilar tomonidan foydalanilgan energiya resurslari hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga etkazib berilgan hajm o`rtasida tafovut mavjudligi haqidagi ma`lumotlarni Byuroga taqdim etish, ular asosida Byuro gaz ta`minoti korxonalari bilan birgalikda tafovutning vujudga kelish sabablarini aniqlash bo`yicha belgilangan tartibda choralar ko`rish vazifalari yuklatilgan.

Keyinchalik, Prezidentimizning “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash, neft-gaz tarmog`ini moliyaviy sog`lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4388-sonli Qaror asosida Samarqand viloyati bo`yicha  gaz ta`minoti hududiy filiali negizida 5.09.2019 yilda «Hududgaz Samarqand» mas`uliyati cheklangan jamiyat tashkil topib, asosiy vazifasi gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli jihozlardan foydalanish kabi vazifalarni o`z ichiga olgan.

Unutmaslik kerakki, Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan yuqorida aniqlangan holatlar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilishiga sababchi bo`lgan Samarqand viloyat gaz ta`minoti korxonasining mansabdor shaxslari va boshqa barcha xodimlari hozirda, «Hududgaz Samarqand» MChJ.da faoliyat ko`rsatmoqda va ular o`z vakolatiga ko`ra, muqaddam sodir etilgan qonunbuzarliklar uchun bevosita mas`ul hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishida aynan bir shaxs yoki mansabdor shaxslarning nomlari ko`rsatilmagan.

Jinoyat ishi bo`yicha - sobiq Samarqand viloyat gaz ta`minoti korxonasining yoki bo`lmasa «Hududgaz Samarqand» MChJ mansabdor shaxslari, ularning xatti-harakatlari aynan qaysi davrda sodir etganligi olib borilayotgan tergov harakatlari davrida aniqlashtiriladi.

Natijasi bo`yicha esa, jinoyat tafsilotlari batafsil ma`lum qilinadi.

“Hududgazta`minot” AJning rasmiy saytlar orqali hozirda tergov harakatlari  davom ettirilayotgan jinoyat ishini rad etishi esa, ushbu jinoyat ishini hujjatlari bilan to`liq tanish emasligi yoxud jinoyat va jinoyat-prosessual kodeksning talablaridan xabardor bo`lishi lozimligini anglatadi.

Mazkur jinoyat ishi tafsilotlari hamda aybdorlarga nisbatan qo`llanilgan choralar haqida qo`shimcha ma`lum qilinadi, deyiladi rasmiy javobda.

    Boshqa yangiliklar